Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilimdonlar poytaxtda bellashdi

29 Mart 2025, 07:03

207

IIV akademik litseylari o‘quvchilari huquqshunoslik fani bo‘yicha olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etdilar.

Iqtidorlik yoshlarni saralash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tizim uchun munosib kadrlar tayyorlash maqsadida o‘tkazib kelinayotgan olimpiadada 14 nafar o‘quvchi qatnashdi.

Olimpiada yakunida Andijon akademik litseyi o‘quvchisi Asliddin G‘aniyev birinchi o‘rinni, Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchisi Mubina Rajabova ikkinchi o‘rinni, Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchisi Farg‘od Hamzayev uchinchi o‘rinni egalladi.

Sovrindorlarga diplom, kitoblar to‘plami va qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan bo‘lsa, qolgan ishtirokchilar Ichki ishlar vazirligi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Shu kuni o‘quvchilar akademiyada yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan ham tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech