Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Bilimdonlar bellashdi

2 Iyun 2026, 20:57

149

Yoshlarni fanga qiziqtirish, ularning bilim va kasbiy salohiyatini oshirishda intellektual o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlash kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan intellekt-battl ana shu maqsadga qaratildi. Unda kursantlar “Tanishuv”, “Tezkor savol-javob”, “Sardorlar bahsi”, “Krossvord” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Ishtirokchilar konstitutsiyaviy huquq fani bo‘yicha nazariy bilimlari, uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari, mantiqiy va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyish etib, g‘olib bo‘lishga intildilar. Qizg‘in kechgan bellashuv yakunida yuqori o‘rin “Legitim” jamoasiga nasib etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech