Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Besh ming qadam” bilan sog‘lom turmush sari...

30 Noyabr 2021, 08:11

1670

Poytaxtimizda o‘tkazilgan “Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam” aksiyasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va ularning oila a’zolari, sektorlar mutasaddilari, harbiy oliy ta’lim muassasalaridan tashabbuskor yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Davlatimiz rahbarining besh muhim tashabbusi doirasida aholi, ayniqsa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish orqali ularning salomatligini mustahkamlash, jamiyatda jismoniy faollikni oshirish tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘ldi.

Aksiya ishtirokchilari faol qo‘llab-quvvatlovchilar va ommaviy axborot vositalari hamrohligida Mirobod tumanining Oybek ko‘chasi bo‘ylab belgilangan masofani piyoda bosib o‘tishdi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirning so‘nggi manzili – “Humo arena” majmuasida “Eng faol yosh ishtirokchi”, “Eng faol keksa ishtirokchi”, “Eng sportchi oila” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lganlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. IIV qoshidagi Ashula va raqs ansambli tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi esa barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi. 

Tadbir davomida Toshkent shahar IIBB tashabbusi bilan daraxt ko‘chatlari ekilganini ham e’tirof etish joiz. “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ravon yo‘llar tarofidagi ko‘chalar bo‘ylab mevali ko‘chatlar o‘tqazildi. Ezgu harakatda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Aziz Toshpo‘latov, Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, yurtimiz obodligi yo‘lidagi xayrli tashabbusda yoshlarni faol bo‘lishga chorladilar.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati  

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech