Shu kunlarda taʼlim muassasamiz o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlashning Belarus tajribasini o‘rganishmoqda.
Dasturga ko‘ra, vakillarimiz turli mavzudagi master-klass mashg‘ulotlarida qatnashib, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha malaka oshiradilar. Shuningdek, o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy munozaralar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
“Реформы в системе ОВД Республики Узбекистан” mavzuidagi mashg‘ulotda mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar hamkorlarimizda iliq taassurot qoldirdi.
IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati