Kecha Yangi Toshkentda mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni millionlab yurtdoshlarimiz telekanal va ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bayram shukuhi IIV O‘quv-dala markazida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan akademiya kursantlariga ham ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ular poligonda o‘rnatilgan katta ekranlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga yo‘llagan bayram tabrigini katta hayojon bilan tinglab, konsert dasturidan maroqli hordiq oldilar.
Tantanali tadbirda o‘tgan yillar mobaynida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Davlatimiz rahbari mamlakatimizning eng katta boyligi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lmish Yangi O‘zbekiston yoshlariga “oldinga qarab intilishdan va doimiy izlanishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!”, deya alohida ta’kidladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati