IIV Akademiyasida Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-maʼnaviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelmoqda.
“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram saylida akademiya jamoasi faol ishtirok etdi. “Sayl” tarzida tashkil etilgan mazkur tadbirda, kursant qizlar o‘zlari tayyorlagan milliy taomlardan bayramona dasturxon tuzadi. Navro‘z sayli davomida rassomlik, pazandalik, bayramona soch turmaklash va oshpazlik kabi musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbiri go‘zal kuy va qo‘shiqlar, raqslarga ulanib ketti.
Tadbir yakunida musobaqa g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati