Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Barçasi fuqarolar osoyiştaligi va xavfsizligi uçun

15 Oktyabr 2021, 17:40

4451

Yaqinlaşib qolgan ulkan siyosiy tadbir – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan jamoat tartibini saqlaş va xavfsizlikni ta’minlaş çora-tadbirlari kuçaytirilmoqda.   

Bugun, 15-oktabrdan Içki işlar vazirligi akademiyasi xodimlari va kursantlari poytaxtimiz tumanlarida jamoat tartibini saqlaş tadbirlariga jalb etildi. Tadbiroldi ötkazilgan yöriqnomaviy yiğilişda xizmat intizomiga qat’iy amal qiliş, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş, mavsumni uyuşqoqlik bilan ötkaziş yuzasidan tegişli körsatmalar şaxsiy tarkib a’zolariga yetkazildi. 

Akademiya Taşkiliy bölimidan olingan ma’lumotga köra, jamoat tartibini samarali ta’minlaş maqsadida Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilgan. Saylov jarayonida yurtimiz fuqarolari, xorijlik mehmonlar, xalqaro kuzatuvçilar va sayyohlarning xavfsizligini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratiladi. Şuningdek, şaxsiy tarkibning huşyorligini oşiriş, xizmatni qonuniylikka qat’iy amal qilgan holda olib boriş, favqulodda va boşqa hodisalarning oldini oliş, aholi örtasida profilaktik tadbirlar ötkaziş belgilangan.

Jamoat tartibini saqlaş tadbirlari alohida körsatmaga qadar davom etadi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech