Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosib nishonlandi.
Shoira tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar, turli soha vakillari, talaba yoshlar, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar Zulfiyaxonimning hayoti va ijodiy faoliyati, adabiyotimizga qo‘shgan beqiyos hissasini eʼtirof etish bilan birga, uning muhabbat, vatanparvarlik, insoniy qadriyatlar haqidagi asarlari, turmush sinovlari va adabiyot osmonida kechgan hayot yo‘li yosh avlod uchun chinakam sadoqat va vafo timsoli ekanligini taʼkidlashdi.
Shuningdek, uning o‘zbek ayoli qiyofasini ulug‘lovchi sheʼrlaridan namunalar va qo‘shiqlar ijro etildi. Zulfiyaxonimga hurmat va ehtirom ramzi sifatida haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati