IIV akademiyasi boşliği Şayxontohur tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasida taşkil etilayotgan amaliyot jarayonlari bilan tanişdi.
Hozirgi globallaşuv şaroitida sifatli ta’limga, xususan, nazariya va amaliyot uyğunligini ta’minlaşga talab yuqori. Dual ta’lim tizimi ayni jihatlari bilan yoşlarning kasbiy könikmalarini şakllantirib borişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumki, joriy öquv yilidan akademiyada ham dual formatda kadrlar tayyorlaş yölga qöyildi. Hafta davomida poytaxt içki işlar organlarida taşkil etilayotgan amaliyotlar kursantlarni tanlagan ixtisosligining yetuk malakali mutaxassisi bölişida puxta zamin yaratmoqda.
Akademiya boşliği amaliyot maşğulotlari bilan tanişiş çoğida mas’ullar bilan suhbatlaşdi. Ayrim xodimlar kundalik faoliyati davomida turli holatlarga, ayniqsa fuqarolar va OAV vakillari bilan muloqot qilişda muammolarga duç kelayotgani, şundan kelib çiqib kursantlar bilan işlaşda ularning nostandart şaroitlarda tezkor va töğri qaror qabul qiliş könikmalarini şakllantirişga alohida e’tibor qaratiş zarurligini ta’kidladi.
“Bugungi kunda jinoyatçilikning yangi körinişlari paydo bölmoqda. Amaliyot faqat nazariy bilimlarni mustahkamlaş bilan çeklanib qolmasligi, kursantlarimiz hududlarning kriminogen vaziyati bilan yaqindan tanişib, jinoyatçilikka qarşi kuraşişda qöllanilayotgan ilğor yondaşuvlarni örganib borişi kerak”, - dedi akademiya boşliği.
Şu kuni mas’ullar va murabbiylarga tavsiyalar berilib, yangi tizim asosida ta’lim sifatini yanada oşiriş yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati