Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Amaliyot yangicha tizim asosida tashkil qilinmoqda

22 Iyul 2025, 02:07

88

Shu kunlarda IIV akademiyasi kursantlari joylardagi ichki ishlar organlarida dual ta’lim asosida amaliyot o‘tashmoqda.

Bunda kunduzgi ta’limning 1-kurs kursantlari o‘quv tanishuv amaliyotiga jalb qilingan bo‘lsa, 2-kurs kursantlari uchun ish o‘rganish amaliyoti tashkil qilinmoqda.

Yangi tizimga ko‘ra, amaliyot davrida har bir kursant “xodim yordamchisi” sifatida tajribali murabbiylarga biriktirildi. Kursantlarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, ixtisoslik yo‘nalishi xususiyatlariga moslashishini ta’minlash maqsadida ular bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Yana bir jihati, “kursant – murabbiy – ota-ona” hamkorligiga alohida e’tibor qaratilayotgani kursantlarning kundalik faoliyatini samarali tashkil qilish, ular o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, amaliyot o‘qish davomida olingan nazariy bilimlarni qo‘llash, foydali ko‘nikmalarni egallash, kasbiy fazilatlarni shakllantirishda muhim jarayon hisoblanadi. Kursantlar bu imkoniyatdan unumli foydalanib, zamon talablariga mos kadr bo‘lib yetishishi zarur.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech