Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Amaliy jihatdan foydali bo‘ldi

10 Sentyabr 2022, 05:09

1123

Ichki ishlar vazirligining joylardagi akademik litseylarida hududiy ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda patrul-post xizmati xodimlari ishtirokida o‘quv yig‘inlari tashkil etildi.

Soha xodimlarining kasbiy tayyorgarligi va muomala madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar bilan muloqotga kirishishda mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan mashg‘ulotlar IIV Akademiyasi, Malaka oshirish instituti hamda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining malakali psixologlari tomonidan olib borildi.

Sayyor mashg‘ulotlarda ichki ishlar organlari tizimidagi islohotlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, xodimlarning muomala madaniyatini yuksaltirish, xizmat paytida fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish, stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish, ommaviy axborot vositalari va bloggerlar bish ishlash, nizoli holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘nikmalari mustahkamlandi. Bundan tashqari, xodimlarning xizmat faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib, stress va agressiv holatlarni yengillashtirish hamda psixologik bilimlarni oshirishga yo‘naltirilgan treninglar o‘tkazildi.  

IIV Akademiyasi Psixologik ta’minlash markazi bosh psixologi, podpolkovnik Ilhom Kalonovning aytishicha, ishchi guruh tomonidan joriy yilning 4-noyabriga qadar respublikamizning barcha mintaqalarida o‘quv yig‘inlarini tashkil etilib, xodimlarga sertifikatlar topshiriladi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech