Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

A’lochilarga ko‘krak nishonlar topshirildi

13 Sentyabr 2022, 09:09

1574

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi saf maydonida “Akademiya a’lochisi” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Professor-o‘qituvchilar, o‘quv-saf qismi ofitserlari hamda kunduzgi ta’limning bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar ishtirok etgan tadbirni Akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Muzaffar Ziyodullayev olib bordi.

Ta’lim maskanida yoshlarga zamon talablari darajasida bilim berish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Akademiya a’lochisi” ko‘krak nishoni ham ana shu maqsadda ta’sis etilgan. Mazkur nishon bilan fanlarni “a’lo” baholarga o‘zlashtirgan, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan kursantlarni tiaqdirlash belgilangan.

Tadbirda 15 nafar iqtidorli kursantga ko‘krak nishoni va guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi. Taqdirlash marosimida so‘z olganlar yoshlarni muborakbod etib, kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni puxta egallashga, yurtimiz yoshlari uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlarda samarali foydalanishga da’vat etdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech