Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Aksariyat yoşlar qilmişining huquqiy oqibatini öylamaydi

21 Noyabr 2025, 19:15

823

Poytaxtimizning Sergeli tumanida joylaşgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoşlarni giyohvandlik va ekstremistik oqimlar ta’siridan ogoh etişga qaratilgan huquqiy-ma’rifiy tadbir ötkazildi.

IIV akademiyasi magistraturasi bilan hamkorlikda taşkil qilingan uçraşuvda texnikum rahbariyati, öquvçi yoşlar va bir guruh öqituvçilar iştirok etdi.

Tadbirda yoşlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, kelajak avlodlar taqdiri yölida yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, şu bilan birga, yoşlar ma’naviyatiga ta’sir körsatayotgan illatlar, ularning oldini oliş çoralari va huquqiy oqibatlari haqida söz bordi.

Magistratura tinglovçilari sözga çiqib, yoşlar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va diniy aqidaparastlik bilan boğliq sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning asl omillari, mamlakatimiz qonunçiligida bu turdagi huquqbuzarliklar uçun belgilangan javobgarlik masalalariga atrofliça töxtaldi.

– Eng açinarlisi, aksariyat yoşlarimiz öz qilmişining oqibatini öylamagan holda jinoyatga qöl urişmoqda. Şuning uçun yoşlar ta’lim-tarbiyasida “oila – mahalla – ta’lim muassasalari” hamkorligini kuçaytirişimiz, huquqiy-ma’rifiy tarğibotlar orqali ularning ongi va qalbiga kirib borişimiz zarur, – deydi podpolkovnik Azimjon Xoliqov.

Tarğibot davomida amaldagi qonunçilikda belgilangan normalar, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga kiritilgan qöşimçalar, davlatimiz rahbarining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni bilan amaliyotga joriy qilingan mexanizmlar haqida tuşunça berildi.

Yoşlar internet tarmoği va boşqa omillar tufayli yuzaga kelayotgan xavf-xatarlardan ogoh bölişi, mafkuraviy tahdidlarga qarşi immunitetini oşirib borişi lozimligi ta’kidlandi. Muhimi, uçraşuv öquvçilarni nafaqat muhim tavsiyalar oliş, balki jamiyatda ogohlik hissi bilan yaşaşga undadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech