Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Akademiyaga yana bir guruh xorijlik yoşlar öqişga qabul qilindi

13 Sentyabr 2025, 20:31

1071

Yangi Özbekistonda ta’limga yönaltirilgan islohotlar samarasida yurtimizga kelib öqiyotgan çet ellik yoşlar soni yildan-yilga köpaymoqda.

Ötgan yili IIV akademiyasida xorijiy kadrlarni öqitiş tizimi yölga qöyilib, 6 nafar tojikistonlik yoşlar öqişga qabul qilingan edi. Joriy yil ular safiga yana 12 nafar qöşni Qirğiziston va Tojikiston vakillari qöşildi. Ayni paytda kursantlar zamonaviy imkoniyatlardan unumli foydalanib, tanlagan ixtisosliklari böyiça bilim va könikmalarni egallab kelişmoqda.

Yangi öquv yili avvalida akademiya boşliği Rustam Xatamov ular bilan oçiq muloqot qildi. Uçraşuvda Özbekiston va qardoş ikki mamlakat örtasidagi döstona munosabatlar, mamlakatimizda keçayotgan yangilanişlar, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, ayniqsa içki işlar organlari uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida akademiyada yölga qöyilgan ta’lim jarayonlari xususida söz bordi.

– Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida mutlaqo yangi sahifa oçildi. Mamlakatlarimiz örtasida yaqin qöşniçilik, özaro işonç va hurmat tamoyillari mustahkamlandi. Mintaqa yetakçilarining qat’iy sa’y-harakati va oqilona siyosati tufayli köplab muammolar hal etildi. Bugun mintaqamizda hukm surayotgan barqaror muhit mamlakatlarimiz taraqqiyoti, xalqlarimiz favoronligi, yoşlarimiz salohiyatini röyobga çiqarişga xizmat qilmoqda. Şu bilan birga, köplab sohalarda yangi imkoniyatlarni işga soliş, hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, istiqbolli rejalarni amalga oşirişga mustahkam zamin yaratmoqda, – dedi akademiya boşliği.

Muloqot davomida kursantlarga öquv dargohining şonli tarixi, ötgan davr mobaynida erişgan yutuqlari, maskanda ta’lim olgan faxrli bitiruvçilar, şu bilan birga, keyingi yillarda amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar, ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan ilğor yondaşuvlar, kursantlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar haqida ma’lumot berildi. Yoşlar katta avlod vakillari bosib ötgan şarafli yölni munosib davom ettirişlari lozimligi qayd etildi.

– Yoş avlod har bir mamlakatning ertangi kuni, taraqqiyotini belgilaydi, – dedi akademiya boşliği. – Sizlar kasbiy bilimlarni puxta egallab, yuqori malakali mutaxassis bölişingiz lozim. Kelgusida erişgan har bir yutuğingiz akademiyamiz, şu dargohda sizlarga ta’lim bergan ustozlaringizning yutuği ekanligini unutmang. Aytiş joizki, keyingi yillarda akademiyamizning turdoş oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Siz kabi yoşlarning Özbekistonda ta’lim olişingiz ham bu yöldagi sa’y-harakatlarning amaliy ifadasidir.

Öquv dargohi rahbari kursantlarning taklif va mulohazalarini ham tingladi. Yoşlarga öquv va xizmat intizomiga oğişmay rioya qiliş, faol va taşabbuskor böliş, ustoz-şogirdlik an’analaridan oqilona foydalaniş yuzasidan tavsiyalar berdi. Öz navbatida, kursantlar zamonaviy imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirib, faqat a’lo baholarga öqişga va’da berdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech