Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Akademiyada aralaş jang san’ati klubi taşkil qilindi

28 Noyabr 2025, 18:39

1006

IIV akademiyasida Özbekiston aralaş jang san’atlari assotsiatsiyasi vakillari va nomdor sportçilar iştirokida uçraşuv bölib ötdi.

Keyingi yillari yurtimizda aralaş jang san’ati ança ommalaşib bormoqda. Uşbu sport turi bilan şuğullanayotgan yoşlar safi kengayib, Vatanimiz şa’nini munosib himoya qilayotgan iqtidorlar yetişib çiqmoqda.

Tadbirda assotsiatsiya raisi örinbosari Şuhrat Anvarov, boş kotib Hojiakbar Hakimov söz olib, aralaş jang san’atining jahon miqyosda yuksalib borayotgan nufuzini e’tirof etib, yangi klub akademiya yoşlari orasidan mahoratli sportçilarni saralaş va xalqaro darajadagi musobaqalarga tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etişini alohida ta’kidlab ötdilar.

Uçraşuvda klub faoliyati, jamoani şakllantiriş uçun olib borilayotgan seleksiya işlari, yoşlarni kelgusi musobaqalarga tayyorlaş, ta’lim muassasasida uşbu sport turini yanada ommalaştiriş xususida fikr almaşildi. Sport ustalari söz olib, aralaş jang san’atining öziga xos xususiyatlari, kasbiy mahorat va jangovar-jismoniy tayyorgarlikni oşirişdagi ahamiyatiga töxtalişdi.

Şu kuni mehmonlar sport majmuasida aralaş jang san’ati bilan şuğullanayotgan kursantlar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişib, mahorat maşğulotlari ötkazdilar. Yoşlarga zarur tavsiyalar berib, jamoaning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech