Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yoshlari “Zakovat” g‘olibi!

20 Iyun 2025, 09:06

40

Navoiyda ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining V Respublika forumi bo‘lib o‘tdi.

“Yoshlar oyligi” munosabati bilan 200 nafarga yaqin ishtirokchini jamlagan forum doirasida qiziqarli musobaqalar, madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirildi. Tizim vakillari yutuqlarini sarhisob qilib, kelgusidagi maqsad va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Forum yakunida faol, iqtidorli va tashabbuskor yoshlar e’tirof etildi. Samarqand viloyati IIB vakillari “Yilning eng yaxshi yoshlar jamoasi” deb topilgan bo‘lsa, “Jangovar marsh” musobaqasida Navoiy viloyati IIB jamoasi, “Taktik triatlon” musobaqasida Buxoro viloyati IIB jamoasi, “Zakovat kuiz” intellektual o‘yinida IIV akademiyasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yoshlarga tashkilotchilarning qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech