Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

25 Fevral 2025, 08:02

123

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Yangiyo‘l shahar IIBda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish to‘g‘risidagi qarori hamda bu borada amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar hududiy profilaktika inspektorlari yetkazildi.

*  *  *

O‘quv dargohida taniqli sportchi, bodibilding ustasi Ahad Xudoyorov ishtirokida motivatsion uchrashuv tashkil qilindi.

Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi o‘qituvchi-murabbiylari, kursantlar ishtirok etgan tadbirda mashhur sportchi erishayotgan yutuqlari va bodibildingning foydali jihatlari haqida so‘zlab berdi. Yoshlarga sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom hayot tarziga amal qilish, ulkan marralarga erishish sirlari bo‘yicha tavsiyalar ulashdi.

 *  *  *

Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan davra suhbati kursantlar uchun foydali bilim va tavsiyalarga boy bo‘ldi.

“Kafil sug‘urta” AJ bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda mazkur tashkilot vakillari tomonidan sohaga oid qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, ularning mazmun-mohiyati hamda sug‘urta tizimining afzalliklari tushuntirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech