Akademiyada jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining sayyor sudi bo‘lib o‘tdi.
Shu kuni professor-o‘qituvchilar va kursantlar Jinoyat kodeksining 169-moddasi uchinchi qismi “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyat ishi muhokamasini kuzatdilar. Majlisdan so‘ng sudya A. Mirzaxanov ishtirokida “Ishni sudga qadar yuritish bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
* * *
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida navbatdagi mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
Malaka oshirish kursiga vazirlik akademik litseylaridan 15 nafar o‘qituvchi jalb qilindi. Besh kun davomida ular ta’lim jarayonida ilg‘or metodikalarni qo‘llash bo‘yicha mahorat oshirdilar. Mashg‘ulotlar yakunida o‘qituvchilardan test sinovi qabul qilindi.
* * *
“Ekspert-kriminalistika faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar onlayn master-klass mashg‘ulotida qatnashdi.
“Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish” mavzuida tashkil etilgan mashg‘ulot Rossiya Federatsiyasi IIV Volgograd akademiyasi dotsenti A. Sicheva tomonidan o‘tkazildi.
* * *
Ta’lim muassasasida poytaxtimizdagi 223-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘quv dargohi faoliyati, ta’lim jarayonlari, maskanda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, akademiya tarixi muzeyi, Vatanparvarlik burchagi va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati