Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Akademiya voleybolchilari 2-o‘rinni egalladi

15 Oktyabr 2026, 20:30

67

8–14-oktyabr kunlari poytaxtimizda voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaga “Olimpiya shaharchasi” hamda Yunusobod tumanidagi sport maktabi mezbonlik qildi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, erkaklar musobaqasida 19 ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda ishtirok etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasidagi musobaqada 10 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoasi musobaqani “B” guruhida boshlab, yakunda finalga qadar yetib bordi. Biroq hal qiluvchi bahsda Buxoro davlat universiteti bilan o‘ynagan vakillarimizga biroz omad yetishmadi va jamoamiz ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlar kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech