Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

29 Dekabr 2023, 07:12

698

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda IIV Akademiyasi magistraturasida o‘tkazilgan davra suhbati ushbu sohadagi yangilanishlarga bag‘ishlandi.

Tadbirda vazir o‘rinbosari Jamol Maxsudov raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari va mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat boshqaruvini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar, xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

* * *

Ichki ishlar vazirligining Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi akademik litseylarida targ‘ibot tarbirlari o‘tkazildi.

Uchrashuvlar chog‘ida davlatimiz rahbarining ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash faoliyatiga oid qarorlari mazmun-mohiyati, IIV Akademiyasiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish tartibi, imtihon turlari hamda o‘quv jarayonida kursantlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi. O‘quvchilar maskan hayoti yoritilgan videorolikni tomosha qilib, o‘zlarini qiziqtigan savollarga javob olishdi. 

* * *

Yangi yil bayrami arafasida marhum ichki ishlar organi xodimlarining oila a’zolari holidan xabar olindi.

Xayrli tadbir bahonasida katta leytenant Ahmadjon Otamurodov, mayor Hasanboy Madrimov, podpolkovnik Farhodjon Shukurovlarning umr yo‘li, xizmatda erishgan yutuqlari, ibratli fazilatlari xotirlandi. Xonadon egalariga bayram dasturxoniga tuhfa sifatida oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.  

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech