Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ajdodlarga munosib izdoshlar bellashdi

22 Avgust 2025, 08:08

75

Olmaliq shahrida “Vatan mehri yuragimda” shiori ostida o‘tkazib kelinayotgan “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar organlari tizimidagi ayol xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ular qalbida kasbga sadoqat, mardlik va jasorat tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda 18 ta jamoa bellashdi.

Qiziqarli shartlar davomida har bir ishtirokchi o‘zining bilim salohiyati, intellektual qabiliyati, jangovar-jismoniy tayyorgarligi, pazandalik mahorati va iste’dodini namoyish etdi. Hakamlar hay’ati a’zolari ularning chiqishini xolisona baholab bordi.

Besh kun davom etgan ko‘rik-tanlov yakunida 1-o‘rinni IIV akademiyasi, 2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, 3-o‘rinni Qashqadaryo viloyati IIB va Toshkent viloyati IIBB jamoalari qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech