Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Aholi tinchligi va farovonligi yo‘lida

2 Iyul 2026, 22:30

184

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa jinoyatchilik masalasiga ilmiy jihatdan yondashilayotgani har bir muammoning asl omillarini o‘rganish va barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishda yaxlit manzilli ishlashga qaratilgan qarori ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” va “Shahrisabz” mahallalarida bo‘ldi.

O‘rganishlar chog‘ida mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida qilinayotgan ishlar, amaliyotga joriy qilingan tajribalar, “102” tizimi orqali kelib tushayotgan murojaatlar, aholi muammolari, yoshlar va ayollar jinoyatchiligi, ijtimoiy profilaktika hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Akademiya boshlig‘i mas’ullar, “mahalla yettiligi” va ta’lim muassasasi vakillari bilan birga mahallalarning kriminogen vaziyatiga salbiy ko‘rsatayotgan va huquqbuzarlik sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarni ko‘zdan kechirdi. Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan patrul-post xizmati faoliyatini o‘rgandi. “Jinoyat o‘choq”larida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, profilaktik ishlar qamrovini oshirish, aholi gavjum joylarga qo‘shimcha kuch-vositalarni yo‘naltirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Manzilli o‘rganishlar davomida “yo‘l xarita”larda belgilab olingan chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqildi. Ularni shakllantirishda har bir oila, xonadondagi muammolarni qamrab olish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlashda “yettilik” xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish zururligi aytib o‘tildi. O‘tgan davr mobaynida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, bir qator vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech