Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Mirzo Ulug‘bek tumani mahallalaridagi kriminogen vaziyat bilan tanishdi.
Manzilli tadbir davomida ichki ishlar vazirining joriy yil 8 sentyabrdagi farmoyishi asosida hududlarda jamoat tartibini saqlash, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash va boshqa yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar o‘rganildi.
Akademiya boshlig‘i aholi gavjum ko‘chalar, ko‘ngilochar maskanlar, jinoyat qayd etilishi mumkin bo‘lgan joylarda bo‘lib, mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, patrul-post va qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan muloqot qildi. Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida amaliyotga joriy qilingan raqamli yondashuvlar va ularning imkoniyatlari bilan tanishdi.
Mas’ullarga aholi uchun xavfsiz muhitni yaratish, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan kuch-vositalar faoliyatini kuchaytirish, kameralashtirish va texnik qo‘riqlovga olish qamrovini oshirish, jinoyatlarni aniqlash va fosh etishda idoralararo hamkorlikni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shuningdek o‘rganishlar davomida mahallalarning jinoyatchilik dinamikasi tahlil qilindi. Mas’ullar va akademiya vakillariga ilmiy-amaliy yondashuv asosida hududlarga mos tajribalarni yaratish, jinoyatchilik omillarini kunlik tahlil qilib borish, aholi bilan yaqin hamkorlikda va doimiy ishlash, oilalardagi ijtimoiy-maishiy muhitni yaxshilash, alohida toifadagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati