“Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyati” ezgu g‘oyasi asosida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar osoyishtalik posboni bo‘lishdek sharafli kasbni tanlagan kursant yoshlarga ulkan ma’naviy ozuqa bermoqda.
Yosh avlodni ezgu maqsadlar sari ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlari va yurtga daxldorlik hissini yuksaltirish, boy adabiy merosimizni yoshlar orasida keng tarqib etish tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.
Sayyor darslar IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari bilan birga, taniqli ijodkorlar hamda adabiyotshunos olimlar tomonidan olib borilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati