Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Adabiyot yashasa, millat yashaydi

04 Noyabr 2021, 05:11

1396

Poytaxtimizning Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir “Jasoratli so‘z sohibi” deb nomlandi.

Tadbir avvalida millatparvar adib xotirasiga hurmat bajo keltirildi. IIV Akademiyasi boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov kursant yoshlar bilan muloqot qilib, milliy adabiyotimizda Abdulhamid Cho‘lpon ijodining o‘rni, she’riyatida ilgari surilgan ulug‘vor g‘oya va qarashlar, xususan, yoshlarni adabiyotga oshno etishning ezgu samaralari haqida to‘xtalib o‘tdi.

– Buyuk vatandoshimiz o‘z davrining yetuk namoyondasi edi, – dedi o‘quv dargohi rahbari. – Tariximizning murakkab davrida yashab ijod etgan, millatimizni taraqqiyotga, ma’rifatga yetaklagan adib juda qisqa umr ko‘rdi. Ammo serqirra ijodi, millat va istiqlol g‘oyalari yo‘g‘rilgan asarlari bilan milliy adabiyotimizdan mustahkam o‘rin oldi. Bugun unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimiz Cho‘lpon ijodini chuqur o‘rganish barobarida, uning vatanparvarlik, mardlik, fidoiylik singari ibratli fazilatlarini ham o‘zlariga singdira olishlari kerak.

 Davra suhbati kursant yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi va adabiy-estetik tafakkurini boyitishga xizmat qildi.

 

IIV Akademiyasining Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech