IIV akademiyasining Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Lola Radjapova ilmiy ishini himoya qildi.
U yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ichki ishlar organlari xodimlari ijtimoiy himoyasining tashkiliy-huquqiy jihatlarini takomillashtirish” mavzuida yozgan dissertatsiyasini Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati