IIV akademiyasining Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi, mayor Azizbek Ne’matov ilmiy ishini himoya qildi.
U yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyatlarning oldini olish choralarini takomillashtirish” mavzuida yozgan dissertatsiyasini IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati