IIV akademiyasining Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, mayor Izzatilla Nasirov ilmiy ishini himoya qildi.
U yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayollar retsidiv jinoyatchiligining oldini olishni takomillashtirish” mavzuida yozgan dissertatsiyasini IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati