IIV akademiyasining Tezkor qidiruv faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi, podpolkovnik Sadriddin Isomiddinov ilmiy ishini himoya qildi.
U yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Firibgarlik jinoyatlarining viktimologik profilaktikasini takomillashtirish” mavzuida tayyorlagan dissertatsiyasini IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati