IIV akademiyasining Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va mukofotlash bo‘limi bosh inspektori, mayor Eldor Nishonov ilmiy ishini himoya qildi.
U yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Bezorilik jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish” mavzuida yozgan dissertatsiyasini IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati