Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
“Zakovat” intellektual klubi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida tashkil qilingan bellashuvda professor-o‘qituvchilar va xodimlardan tarkib topgan 29 jamoa qatnashdi.
Bilimlar bahsida qiziqarli va mantiqiy fikrlashga undaydigan 20 ta savol o‘ynaldi. Yakunda eng topqir jamoalar sovrindor bo‘ldi. Shunga ko‘ra, 1-o‘rin Ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash markazi jamoasiga, 2-o‘rin Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi jamoasiga, 3-o‘rin esa orkestr jamoasiga nasib qildi.
Tadbir yakunida g‘oliblar qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati