Içki işlar vazirligi akademiyasi rahbari Rustam Xatamov Mirzo Uluğbek tumanidagi “Buyuk ipak yöli” mahallasining kriminogen vaziyatini örgandi.
Aytiş joizki, mahalladagi köp qavatli uylarda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib, şundan 83 nafari alohida toifadagi şaxslarni taşkil etadi. Joriy yilning ötgan davri mobaynida 4 ta oldini oliş mumkin bölgan jinoyat qayd etilgan.
Işçi guruh tomonidan mahallaning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar, jamoat xavfsizligini ta’minlaş va jinoyatlarning barvaqt oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar manzilli örganildi.
Mas’ullarga huquqbuzarlik sodir etişga moyil şaxslar bilan profilaktik işlarni kuçaytiriş, nizoli va ajrim yoqasidagi oilalarda maişiy muhitni yaxşilaş, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oşiriş, şuningdek köçalar, köp qavatli uylar atrofi va qarovsiz hududlarda xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Akademiya boşliği “jinoyat öçoq”lari sifatida belgilangan joylarda bölib, jamoat xavfsizligini ta’minlaşga jalb qilingan patrullik guruhlari faoliyati va texnik vositalar bilan tanişdi. Kriminogen vaziyatni muntazam nazorat qiliş orqali fuqarolar osoyiştaligini ta’minlaş, çaqiruvlarga zudlik bilan munosabat bildiriş, huquqbuzarlik yoki jinoyatni foş etişdan ularning barvaqt oldini oliş çoralarini köriş, xizmatga yuqori mas’uliyat bilan yondaşiş zarurligini qayd etdi.
Örganişlar davomida mahallalarda xavfsiz muhitni şakllantiriş, xonadonlar, savdo va xizmat körsatiş obyektlarini texnik qöriqlovga oliş, hududda istiqomat qilayotgan aholining xavfsizlik talablariga rioya qiliş madaniyatini oşiriş, profilaktika inspektori va fuqarolar örtasida samarali hamkorlikni yölga qöyiş yuzasidan topşiriqlar berilib, aniq çora-tadbirlar belgilab olindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati