Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Ma’naviyat va ma’rifat markazi sahnasida “Jaydari kelin” spektakli tomoshabinlarga havola etildi.
Madaniy tadbir ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va xodimlarining mazmunli hordiq olishi, ularni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Taniqli ijodkor Nurulloh Abbosxon asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda rollarni Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatri jamoasi ijro etdi. Milliy qadriyat va an’analar, oila odobi, xalqimizga xos betakror fazilatlar yortilgan sahna asari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati