Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” haftaligi o‘tkazildi

22 Dekabr 2021, 06:12

1645

Poytaxtimiz 19-22-dekabr kunlari Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” haftaligiga mezbonlik qildi.

Tadbir yoshlarga oid davlat siyosini izchil davom ettirish, mamlakatimizning strategik taraqqiyotida ularning faol ishtirokini ta’minlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, vatanparvarvar, serg‘ayrat yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xodimlar o‘rtasida axborot texnologiyalari, jismoniy tarbiya va sport, madaniyat hamda san’atni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilindi.

Forum doirasida ichki ishlar organlari yoshlarining uchrashuvi,  seminar-trening mashg‘ulotlari, “Zakovat” intellektual o‘yini, jangovar-jismoniy va sport bellashuvlari, “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri, “Men donorman” xayriya aksiyasi, “Yoshlik gulxani” konsert dasturi, shuningdek boshqa tadbirlar o‘tkazildi.

E’tiborli jihati, “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021”da Ichki ishlar vazirligi akademiyasi xodim va kursantlari ham munosib ishtirok etishdi. Vakillarimiz minifutbol turnirida faxrli birinchi, Cyber sport musobaqasida jamoaviy ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek yengil atletika bellashuvida leytenant Hojiakbar Abduxalilov, jangovar qurolni qismlarga ajratib-yig‘ish bahsida katta leytenant Muxtorjon Yetmishboev faxrli uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.  

Forumning so‘nggi kunida o‘tkazilgan musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar va eng faol ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech