10-12-may kunlari poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Uch kun davom etgan mamlakat birinchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar vakillari qatnashdi. Mahoratli sportchilar o‘zbek jang san’atining “shaxsiy bellashuv” yo‘nalishi bo‘yicha kuch sinashdilar.
E’tiborli jihati, musobaqa davomida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari uchta oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Jamoamiz a’zolaridan Firuz Jumaboyev (75 kg), Guljon Maratova (52 kg) hamda Malika O‘rmonova (48 kg) o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati