Buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biri sanaladi.
Yirik davlat arbobi va shoir tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tadbir o‘tkazildi.
Boburshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, kursant yoshlar ishtirok etgan adabiy kechada buyuk alloma ijodida yurtga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularining o‘rni haqida so‘z yuritildi. Bobur g‘azallaridan namunalar yod aytilib, misralarga sharh berildi. Shoir serqirra ijodi bilan kelgusi avlodlar uchun boy adabiy meros qoldirgani e’tirof etildi.
Tadbir badiiy havaskorlik to‘garagi a’zolarining Bobur g‘azallaridan kuylangan qo‘shiqlari ijrosi bilan davom etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati