IIV Akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlarni akademiya boshlig‘i o‘rinbosari Ruftullo Nigmatov qabul qilar ekan, manfaatli hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning dolzarb ahamiyatini e’tirof etdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro kelgusidagi loyihalar yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, dolzarb mavzularda ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar va tinglovchi-kursantlar uchun vebinar mashg‘ulotlar, shuningdek zamonaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv kurslarini tashkil etish borasida takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik va tajriba almashinuvini mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati