Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yurt bayrog‘in ko‘nglingga ek...

15 Noyabr 2023, 09:11

654

IIV Akademiyasida davlat bayrog‘imiz qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” mavzuida tashkil etilgan tadbirda taniqli olima Jamila Shermuhammedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Mirzo Karim, Anvarjon Nishonov va boshqalar so‘z olib, bayrog‘imizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar.

– Ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar, – dedi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Maxfirat Zikirova. – Mustaqil davlatimiz bayrog‘ida xalqimizning asriy orzu-istaklari mujassam. Muqaddas timsolimiz milliy o‘zligimiz, an’ana va qadriyatlarimiz, mustaqilligimizni o‘zida ifoda etgan iftixor ramzidir.

Ma’rifiy tadbirda ona Vatanimiz, betakror bayrog‘imizni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar yangradi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech