Toshkent davlat yuridik universitetining bir guruh talabalari IIV Akademiyasi ta’lim jarayonlari bilan tanishdilar.
Tadbir ikki tomonlama hamkorlik memorandumida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, yuridik ta’lim sohasida o‘zaro tajriba tajriba almashish, soha uchun yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlash maqsadida tashkil etildi.
Akademiya faoliyati bilan tanishuv chog‘ida talabalar ta’lim tizimi, ixtisoslik yo‘nalishlari, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yondashuvlar, xalqaro tajribalarni o‘rganish, kursantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida tasavvurga ega bo‘lishdi. Shundan so‘ng Kriminalistik poligon bazasida o‘g‘irlik jinoyati va yo‘l-transport hodisalarini tergov qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tergov faoliyati kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Murod Botayevning ta’kidlashicha, o‘qitishning innovatsion uslublarini ommalashtirish zamonaviy ta’limning eng muhim mezonlaridan biri sanaladi. Bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti bilan samarali hamkorlikning yo‘lga qo‘yilgani kadrlar salohiyatini oshirish bilan bir qatorda, yuridik fanlarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng tatbiq etishda mustahkam poydevor bo‘lmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati