Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yuksak kasbiy madaniyat bilan xizmat sari…

17 Aprel 2023, 01:04

901

Davr yangilanib borgani sayin, ichki ishlar organi xodimlariga qo‘yilayotgan talablar ham o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa sohaga kirib kelayotgan yoshlarning kasbiy fazilatlarini yuksaltirishda tajribali xodimlarning bilim va malakasi tayanch vazifasini o‘taydi.

IIV Akademiyasida Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv xizmati vakillari ishtirokida motivatsion uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda kunduzgi ta’lim kursantlari, o‘quv kursi ofitserlari hamda Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va mukofotlash bo‘limi xodimlari ishtirok etdi. 

Ta’kidlab o‘tilganidek, hozirgi tezkor davrda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida ichki ishlar organlariga yangicha mexanizmlar joriy qilinyapti. Tizim xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylikka rioya etgan holda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishlari kerak. 

Uchrashuvda tajribali amaliyot xodimlari nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirish, xizmat intizomiga qat’iy amal qilish, kasbiy fazilatlarni muntazam ravishda shakllantirib borish yuzasidan kursantlarga maslahatlar berishdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati     

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech