Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yoshlarni giyohvandlikdan ogohlikka da’vat etuvchi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari, “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi faollari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etgan tadbirda giyohvandlikning jamiyatga salbiy ta’siri xususda so‘z bordi.
Yoshlarni giyohvandlikdan asrash, uning tarqalishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, bu borada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, ayniqsa mahallalar, ta’lim muassasalarida targ‘ibot ishlari ta’sirchanligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda “mahalla yettiligi” tizimi hamkorligini kuchaytirish dolzarb vazifalar ekanligi aytildi.
Muloqotda yoshlar ham so‘z olib, giyohvandlikka qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasida o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati