Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlarga huquqlari tushuntirildi

09 Dekabr 2024, 07:12

206

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 206-son umumta’lim maktabida huquqiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi vakillari hamda maktab faollari so‘zga chiqdi.

Yangilangan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, yoshlar manfaatlarini aks ettiruvchi muhim normalar, konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimiz hayotidagi dolzarb ahamiyati targ‘ib qilindi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir davomida yoshlar o‘z huquq va burchlari, Konstitutsiyaga amal qilishning nechog‘lik muhimligi xususida zarur bilimlarga ega bo‘ldilar.

Shu kuni o‘quvchilar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. IIV akademiyasi faoliyatiga oid videorolik namoyish qilinib, ta’lim muassasasi haqida ma’lumot berildi. Maskanda o‘qish istagida bo‘lgan o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech