Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlar – zo‘ravonlikka qarshi

09 Dekabr 2022, 08:12

979

IIV Akademiyasining Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlash kafedrasi tashabbusi bilan “Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz!” shiori ostida viktorina tashkil etildi.

BMTning “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” dasturi doirasida o‘tkazilgan viktorinada kursant qizlardan iborat ikkita jamoa qatnashdi.

Ishtirokchilar “Tanishuv”, “Savol-javob” hamda “Biz – zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzuidagi sahna ko‘rinishi orqali intellektual va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Hakamlar hay’atining qaroriga binoan, 3-bosqich kursantlari viktorina g‘olibi deb topilgan bo‘lsa, 2-bosqich vakillari eng kreativ jamoa sifatida e’tirof etildi.

Tadbir yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmonova, Akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Ziyodullayev so‘z olib, dolzarb mavzudagi viktorina orqali kursantlar xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini namoyish etib berganliklarini ta’kidlab o‘tishdi.

Bellashuv qatnashchilari diplom va kitoblar bilan taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech