Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlar tarbiyasiga barchamiz mas’ul

15 Sentyabr 2023, 07:09

992

Yangilanayotgan O‘zbekistonda yoshlar kelajagi bilan bog‘liq masalalar ustuvor vazifaga aylangan. Bu boradagi izchil islohotlar samarasi yosh avlodni barkamol shaxslar etib tarbiyalash, ularning ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda namoyon bo‘lmoqda.

IIV Akademiyasida ayni dolzarb masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kursantlar bilan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish, ularni yetuk professional kadrlar etib tayyorlash, ta’lim-tarbiya jarayonida xizmat va qonuniylikni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

O‘quv dargohi rahbari keyingi yillarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilib, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ta’sirchan mexanizmlari tatbiq qilinganini e’tirof etdi. Biroq hozirgi murakkab sharoitda bu boradagi ishlar natijadorligini yanada oshirish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani aytib o‘tildi.

– Yoshlar tarbiyasiga barchamiz mas’ulmiz, – dedi Akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov. – Kursantlarga zamonaviy bilim berish bilan bir qatorda, ularning maqsad va intilishlari, muammolarini o‘rganish, mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish kechiktirib bo‘lmas vazifadir. Bu masalaga hech birimizning befarq munosabatda bo‘lishga haqqimiz yo‘q.

Yig‘ilishda saf qismi faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va kursantlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar ahvoli muhokama qilindi.

– Bugungi shiddatli zamonda yoshlar tarbiyasiga eskicha qarashlar bilan yondashib bo‘lmaydi. Tarbiyaga, eng avvalo, yoshlar qalbiga yo‘l topish, ularning ongu tafakkurini ma’naviy oziqlantirish orqali erishiladi. Buning uchun har birimiz yuksak kasbiy va axloqiy fazilatlarimiz bilan ularga o‘rnak bo‘lishimiz, yosh avlodni ezgu va bunyodkor maqsadlar sari ruhlantira olishimiz kerak, – dedi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i O‘tkir Qosimov.

Yig‘ilish so‘nggida saf qismi o‘quv kurslari vakillari, fakultet boshliqlari hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga mas’ul xodimlarga bir qator muhim vazifalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech