Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlar taqdiriga hammamiz mas’ulmiz

23 Dekabr 2024, 07:12

124

Yurtimizda yoshlar masalasi hamisha e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Ayniqsa keyingi yillarda mazkur yo‘nalishdagi ishlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistraturasida ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan muloqot qildi.

Uchrashuv avvalida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy madaniy merosimizni asrash va kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lidagi xayrli ishlar, bu boradagi turli loyiha va tadbirlarning ahamiyati haqida so‘z bordi.

Vazirlik mutasaddisi Yangi O‘zbekistondagi keng qamrovli o‘zgarishlarni e’tirof etib, yoshlar ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi. Unib-o‘sib kelayotgan bugungi avlod murakkab davrda yashayotgani, ularning ongi va qalbini yot g‘oyalar ta’siridan asrash, vatanparvarlik fazilatlarini yuksaltirish, yoshlarda zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi mustahkam ma’naviy immunitet hosil qilish ustuvor vazifalardan ekanligini qayd etdi.

Samimiy ruhda o‘tgan tadbir davomida yoshlar bilan manzilli ishlashning muhim yo‘nalishlari, ayni sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar xususida fikr almashildi. Shuningdek, madaniyat vaziri magistraturada yo‘lga qo‘yilgan innovatsion ta’lim jarayonlari bilan tanishib, islohotlar davrida akademiyada erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan viderolikni tomosha qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech