Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 3-son umumta’lim maktabida tadbir o‘tkazildi.
Maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari, IIV akademiyasi vakillari ishtirok etgan tadbir yoshlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan illatlarga bag‘ishlandi.
Ma’muriy huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari so‘z olib, internet tarmog‘ining foydali va xavfli jihatlari, global axborot makoni orqali tarqatilayotgan zararli g‘oyalar, yoshlar orasida ommalashib borayotgan onlayn qimor o‘yinlari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlarini tushuntirib o‘tishdi.
Tadbirda akademiya kursantlari ham faol ishtirok etib, o‘quvchilarni vatanparvar bo‘lishga, zamonaviy bilim va kasblarni egallashga, kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun IIV akademiyasida ta’lim olishga chorladilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati