IIV Akademiyasi kursantlari o‘rtasida “Yoshlar – korrupsiyaga qarshi!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlash, ona Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, turli ma’naviy tahdidlar, ayniqsa korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, yot va buzg‘unchi g‘oyalarga murosasiz kurashuvchi, yuksak ma’naviyatli barkamol shaxs sifatida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi.
Tanlov davomida kursantlar korrupsiya illati, uning ayanchli oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, bu borada amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, korrupsiyaviy jinoyatlarga barham berishga qaratilgan dolzarb vazifalarni yoritib berdilar.
Hakamlar hay’ati vakillari 800 dan ortiq ijodiy ishlar orasidan eng saralarini tanlab olishdi. Unga ko‘ra, 115-guruh kursanti Yodgorbek Kenjayev birinchi o‘rinni, 128-guruh kursanti Samandar Boqijonov ikkinchi o‘rinni va 206-guruh kursanti Husniddin Bekqulov uchinchi o‘rinni egalladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati