Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlar daxldorligini oshirish yo‘lida

14 Noyabr 2024, 08:11

219

Yangiyo‘l shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning daxldorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari so‘z olib, yurtimiz yoshlari uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar, yoshlar bilan amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar, yangilanayotgan jamiyatimizda ilm-ma’rifatli yoshlarning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Muloqot davomida o‘quvchilarning zamonaviy kasblarga qiziqishi, huquqiy bilimi va duyonqarashi, kelajak maqsadlari o‘rganildi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan yoshlarga zarur maslahat va tavsiyalar berildi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmuni o‘tkazish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini va valeybol musobaqasi uyushtirildi.

Shu kuni akademiya ishchi guruhi vakillari “Navro‘z” va “Mezon” mahallalarida ham bo‘lib, hududlarning kriminogen holatini o‘rgandilar. Jinoyatchilik ahvoli muhokama qilinib, “mahalla yettiligi” a’zolariga huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida metodik tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng Yangiyo‘l shahar IIBda seminar-trening tashkil qilindi. Profilaktika inspektorlari va tezkor-qidiruv xizmati xodimlari ishtirok etgan mashg‘ulotda tergovga qadar tekshiruv faoliyatini tashkil etish bo‘yicha soha vakillarning kasbiy bilim hamda ko‘nikmalari oshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech