Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yosh o‘qituvchilarning mahorati oshirildi

20 Iyun 2023, 08:06

971

IIV Akademiyasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yosh xodimlar uchun o‘quv kursi tashkil qilindi.

Ularning pedagogik mahoratini oshirish, “ustoz-shogird” an’analarini izchil davom ettirish, ta’limni zamonaviy talab va yondashuvlar asosida takomillashtirish, jamoaning ilmiy-pedagogik salohiyatini yuksaltirish o‘quv kursining asosiy maqsadidir.

Mashg‘ulotlar ta’lim muassasasining ko‘p yillik tajribaga ega professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. O‘quv dasturiga ko‘ra, “Pedagogik mahoratning zamonaviy usullari”, “Yangi avlod o‘quv qo‘llanmalariga qo‘yilgan talablar”, “Kommunikativ kompetentlik va uning ahamiyati”, “Pedagogning innovatsion faoliyati” va o‘qitishning zamonaviy mezonlariga yo‘naltirilgan boshqa mavzularda 150 soatlik interfaol mashg‘ulot o‘tkazildi.

O‘quv kurslari yakuni bo‘yicha yosh o‘qituvchilardan sinov qabul qilinib, ularga sertifikatlar topshirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech