Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yo‘l harakati xavfsizligi: islohotlar va muammolar

19 Noyabr 2022, 07:11

898

IIV Akademiyasida Prezidentimizning “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Avtomobil tayyorgarligi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil qilingan davra suhbatida “yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati” mutaxassislik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar qatnashdi. Magistratura tinglovchisi, mayor Z. Yusupov mazkur qarorning ahamiyati, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchilarni tayyorlash, shuningdek avtomaktablar faoliyatini tubdan takomillashtiirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Muloqot davomida avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil etish, boshqarish va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar, sohani raqamli texnologiyalar bilan to‘liq qamrab olishning afzalliklari, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Amaliyot xodimi mazkur sohada yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech